Nuriddin Ismoilov Rim papasining lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi

Quyi palata spikeri Rim papasiga Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Rim papasi Lev XIVning rasman lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
Tadbirda qatnashish uchun butun dunyo bo‘ylab jami 250 ming kishi Vatikan maydoni va uning atrofiga yig‘ildi.

“Marosimning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov yangi saylangan Rim papasini tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlarini yo‘lladi”, — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, yangi Rim papasi O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosimda 156 ta xorijiy mamlakat, qirollik uylari va diniy konfessiyalardan delegatsiyalar vakillari qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim-katolik cherkovining yangi rahbari etib AQShdan kardinal Robert Prevo saylandi.
Rim papasi Fransiskning dafn marosimi o‘tkazildi