TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonlik shpagachi Vadim Anoxin Bogota Gran-prisida bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo‘lga kiritdi.
U saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Biroq yarim finalda qozog‘istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rin bilan yakunladi.
Natijalar:
1.
Akira Komata (Yaponiya);2.
Ruslan Kurbanov (Qozog‘iston);3.
Vadim Anoxin (O‘zbekiston);4.
Luidji Midelton (Fransiya).