Matbuot markazi

Anons: YeOII uchun bioxavfsizlik sohasidagi yangi chaqiriqlar muhokama etiladi

Tadbir Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 14-may soat 11:00 da "YeOII davlatlarining bioxavfsizligi" mavzusida Moskva – Minsk – Ostona – Bishkek – Yerevan – Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Rossiya Ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko ishtirokida o‘tkaziladi.
Quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Sovuq va ob-havo o‘zgarishlari salomatlik va kasallik darajasiga qanday ta’sir qiladi?
Yaqin yillarda YeOII mamlakatlari uchun bioxavfsizlik sohasidagi qanday yangi chaqiriqlar asosiy bo‘lishi mumkin?
YeOII mamlakatlarida metapnevmovirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat qanday?
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.