TOShKENT, 11-may — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlash taklifiga ultimatum bilan javob berdi.
“Biz Rossiya ertaga, 12-maydan boshlab to‘liq, uzoq muddatli va ishonchli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini tasdiqlashini kutamiz va Ukraina uchrashishga tayyor”, — dedi u o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kiyevga bevosita muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi.