O‘zbekistonlik taekvondochi BAAdagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi

Sultonbek Nabiyev final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonlik taekvondochi Sultonbek Nabiyev kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
-37 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Sultonbek Nabiyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, jahon chempionligiga erishdi.
Molodie taekvondisti Uzbekistana uspeshno startovali na ChM
U final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.