Osiyo chempionati: o‘zbekistonlik baydarka va kanoechilar qanday natija qayd etishdi?

Xitoyda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonlik baydarka va kanoechilar Osiyo chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Nanchan shahrida 8-10 may kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar:
Kumush medal: S2 1000 metr: Muhammadali Mirismanov, Diyorbek Mamatqulov, S1 500 metr: Muhammadali Mirismanov, K1 500 metr: Arina Tanatmisheva.
Bronza medal: S2 500 metr: Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotiboldiyev, K1 1000 metr: Oleksandr Zarubin, S2x 500 metr (miks): Kamoliddin Rahmatullayev, Zarina Rustamova.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
Ma’lumot uchun, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’a chempionatida 20 davlatdan 200 nafardan ortiq sportchi K-1, K-2, K-4, C-1, C-2 va aralash yo‘nalishlarda 200, 500 va 1000 metr masofaga sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Musobaqada O‘zbekistondan 16 nafar sportchi ishtirok etdi. Osiyo chempionatida Ismoil Egamberdiyev hakamlar safidan joy oldi.