Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Harbiy samolyotda parvoz: Mirziyoyev 115 yoshli faxriyning orzusini ro‘yobga chiqardi

Ro‘ziboy Sattorov harbiy samolyotda parvoz qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 115 yoshli faxriyning asriy orzusi ushalishi uchun harbiy samolyot ajratdi, deya xabar berdi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Avvalroq viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi rahbarlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 115 yoshni qarshilagan qashqadaryolik faxriy otaxon Ro‘ziboy Sattorov xonadoniga tashrif buyugan edi. Unda O‘zbekiston prezidentining Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi va pul mukofoti topshirildi.
Mirziyoyev ispolnil vekovuyu mechtu 115-letnego veterana
Suhbat chog‘ida Ro‘ziboy bobo samolyotda parvoz qilish bir umrlik orzusi ekanligini aytgan.
Mirziyoyev ispolnil vekovuyu mechtu 115-letnego veterana

“Davlatimiz rahbari otaxonning ushbu orzusi ushalishi uchun alohida harbiy samolyot ajratib, Ro‘ziboy boboga osmon uzra parvoz qilish imkonini yaratib berdi. Bu qisqa, ammo juda mazmunli parvoz otaxon hayotining eng yorqin sahifalaridan biriga aylandi”, — deyiladi xabarda.

Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Qashqadaryolik 115 yoshli urush qatnashchisi o‘n ming dollar miqdorida pul mukofoti oldi