Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun hamma narsa qilmoqda — Peskov

Peskov Ukraina muzokaralarni boshlashdan qochishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, biroq Kiyev muzokaralardan qochishga harakat qilmoqda, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
“Prezident Putin muammoni hal qilish, tinch va diplomatik yo‘l bilan kelishuvga erishish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, biroq tinch va diplomatik vositalarsiz biz harbiy operatsiyani davom ettirishga majburmiz”, — dedi u.
Kreml vakili Ukraina muzokaralarni boshlashdan qochishga harakat qilayotganini ta’kidladi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina bilan yarashish muqarrar — Putin