O‘zbekistonlik dzudochi Ostona “Katta dubulg‘a” turnirida medal qo‘lga kiritdi

Dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri 9-11 may kunlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Dzudo bo‘yicha Ostona shahrida start olgan “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Mazkur medalga -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov mualliflik qildi.
Tilovov chorak finalda neytral maqomda kurashgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy berdi. U o‘tish bosqichida mezbon Baurjan Narbayevdan, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa xitoylik Ziyang Suyedan ustun keldi.
Dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri 9-11 may kunlari o‘tkazilmoqda. Dunyoning 45 mamlakatidan tashrif buyurgan dzudochilar orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda medallar uchun kurash olib bormoqda.
Dzudo: o‘zbekistonlik sportchilar “Katta dubulg‘a” turnirini 5 ta medal bilan yakunlashdi