Tarix bilan yaqindan suhbat: Toshkentda “Xotira” ko‘rgazmasi ochildi

8 may kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida "Xotira" ko‘rgazmasi ochildi. Undagi har bir grafik asar – inson xotirasining vizual ijrosi, jasorat va fidoyilikka bo‘lgan hurmat ifodasi.
Sputnik
8 may kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira" nomli grafika ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Ushbu badiiy loyiha tinchlik yo‘lida ko‘rsatilgan jasorat, mardlik va fidoyilikni eslatib turuvchi muhim sanaga bag‘ishlangan. Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, davrlar aloqasi, tarixiy ongning kuchi va xotiraning madaniy va ma’naviy resurs sifatidagi ahamiyati haqidagi vizual mulohazalardan iborat.
Ekspozitsiyada O‘zbekiston san’atida muhim o‘rin tutuvchi rassomlar — Qutlug‘ Basharov, Lekim Ibragimov, Medat Kagarov, Nuriddin Kalanov, Gennadiy Jirnov, Georgiy Chiganov va boshqalarning 45 dan ziyod grafik asarlari jamlangan. Ularning har biri — o‘tmishni qayta his etish, shaxsiy xotiralar orqali umumiy fojiani tasvirlashga bo‘lgan urinish.
Ofort, linogravura, litografiya kabi uslublar orqali yaratilgan asarlar urush, yo‘qotish, sabr va umid mavzularini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rgazmadagi asarlar tomoshabinni nafaqat estetik bahoga, balki shaxsiy mulohazaga ham chorlaydi.
Ko‘rgazma hududi sukut va mushohadaning makoniga aylanadi. Bu yerda har bir chiziq, har bir soya — faqat tasvir emas, balki xotiraning jonli ifodasidir. Ular tomoshabinni suhbatga jalb etadi — o‘tmish bilan, inson fojiasi bilan, qalbdagi savollar bilan. Bu suhbatda so‘zlar emas, tasvirlar gapiradi.
"Xotira" ko‘rgazmasi shu jihatdan ham ahamiyatliki, u nafaqat san’at, balki madaniy va ma’rifiy mulohazaning bir qismiga aylanadi. Bu yerda har bir asar — inson jasorati, qalb og‘rig‘i va ezgulik haqidagi ichki so‘z. Ular shovqinsiz, lekin jonli.
Ko‘rgazma 2025-yil 8-iyunigacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lib, har bir mehmonni o‘z xotirasiga yuzlanish, san’at orqali tarix bilan yaqindan suhbat qurishga taklif etadi.
1 / 18

Ko‘rgazmaning ochilishida Belarusning O‘zbekistondagi elchisi Aleksandr Ogorodnikov so‘zga chiqdi

2 / 18
3 / 18

Medat Kagarov "Urush o‘tdi, g‘alaba bo‘ldi" seriyasidan "Reyxstagga qaratib"
1985, Litografiya

4 / 18

Georgiy Chiganov
"Askarning onasi" turkumidan "Vidolashuv" 1968. Linogravura

5 / 18
6 / 18

Lekim Ibrohimov
"1941-1945 yillar" turkumidan "G‘alaba" 1977. Linogravura

7 / 18

Georgiy Chiganov "Askarning onasi" turkumidan "Qahramonning onasi" 1969. Linogravura

8 / 18
9 / 18

Qutlug‘ Basharov "Partizanlarning hujumi"
"Ulug‘ Vatan urushi" turkumidan 1985. Rangli linogravura

10 / 18

Medat Kagarov
"Osmonni qo‘riqlashda". Linogravura

11 / 18
12 / 18

Medat Kagarov
"Urushning murakkab yillari, front ortida"
turkumidan
1977. Rangli linogravura

13 / 18
14 / 18

Medat Kagarov
"Sovet Vatani uchun " turkumidan "G‘alaba"
1971. Linogravura

15 / 18
16 / 18

Medat Kagarov "Chaqiriq" turkumidan
"Urushning murakkab yillari, chuqur orqa" 1989-90. Avtolitografiya

17 / 18
18 / 18

Medat Kagarov
"Hayot yo‘li - 1." 1989. Linogravura