Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Toshkentda Xotira va qadrlash kuni qanday nishonlandi — foto

O‘zbekiston poytaxtining 5 mingdan ortiq aholisi va mehmonlari o‘z qahramon ajdodlari xotirasiga hurmat bajo keltirish, bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun yig‘ildi.
Sputnik
1 / 16
2 / 16
3 / 16
4 / 16
5 / 16
6 / 16
7 / 16
8 / 16
9 / 16
10 / 16
11 / 16
12 / 16
13 / 16
14 / 16
15 / 16
16 / 16
Xotira va qadrlash kunida Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi hududida tantanali ravishda gulchambar va gullar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unda Rossiya Federatsiyasi elchisi Oleg Malginov, turli mamlakatlar diplomatik missiyalari rahbarlari, harbiy attashelar, diplomatik korpus, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, madaniyat markazlari, Rossotrudnichestvo, yoshlar va faxriylar tashkilotlari vakillari, jurnalistlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oleg Malginov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda umumiy tarix va xotira ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga yordam berishini alohida ta’kidladi.
“Bu yerda xotira nafaqat asrab-avaylanayotgani, balki yangi avlodlarga avaylab yetkazilayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevdan, barcha o‘zbekistonliklardan minnatdormiz”, — dedi u.
Bu yerda “O‘lmas polk” marshi ham bo‘lib o‘tdi. Aksiyada ko‘ngillilar, faollar, poytaxt aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.
Bugungi kunning yorqin tasvirlarini Sputnik O‘zbekiston fototasmasida ko‘ring.