TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent muzeyida 9-may - Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan "Xotirlash muqaddas burchimizdir" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
V Tashkentskom muzee proshla vistavka pod nazvaniyem "Pamat – nash svashenniy dolg".
© Sputnik
Ko‘rgazmada muzey “Arxiv” fondidan olingan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi mamlakat hayotini aks ettirgan 20 dan ziyod fotosurat hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi kutubxonasida saqlanayotgan urush yillariga oid kitoblar namoyish etildi.
"Bu ko‘rgazmada o‘zbek qahramonlarining fashistik Germaniyaga qarshi qanday jang qilganini va qanday g‘alaba qozonganini ko‘rish mumkin", — dedi muzeyning ilmiy xodimasi Nargiza To‘rayeva.
V Tashkentskom muzee proshla vistavka pod nazvaniyem "Pamat – nash svashenniy dolg".
© Sputnik
Shuningdek, ko‘rgazmada 1941–1945 yillar davomidagi jang maydonlari, front ortidagi hayot, o‘zbekistonlik jangchilarning jasorati va aholining fidokorona mehnati aks etgan noyob foto hujjatlar, shaxsiy arxivlar ham namoyish etildi.
V Tashkentskom muzee proshla vistavka pod nazvaniyem "Pamat – nash svashenniy dolg".
© Sputnik
Shuningdek, ko‘rgazma davomida urush fidoyilari xotirasiga bag‘ishlangan videoroliklar, tarixiy ma’lumotlar va Akademik rus drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar taqdim etiladi.