Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Rossiya G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan e’lon qilgan uch kunlik otashkesim boshlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan e’lon qilingan sulh kuchga kirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Buyuk G‘alabaning 80-yilligi nishonlanayotgan kunlarda Rossiya Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Rossiya insonparvarlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib, G‘alabaning 80-yilligi nishonlanadigan kunlarda 7-8 may yarim tundan 10-11 mayga o‘tar kechasigacha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilmoqda, deya ma’lum qildi Kreml 28-aprel kungi davlat rahbarining tegishli qaroriga tayanib.
Rossiya G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatadi
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan ilgari taklif qilingan Pasxa bayrami sulhining maqsadi, shuningdek, 8-10 may kunlari bayramlar uchun sulh e’lon qilish bo‘yicha joriy tashabbus Kiyevning Rossiya va Ukraina o‘rtasida uzoq muddatli barqaror tinchlikka erishish yo‘llarini izlashga tayyorligini sinab ko‘rishdir.
Aytilishicha, agar Kiyev rejimidan o‘zaro munosabat bo‘lmasa va Rossiya pozitsiyalari yoki obyektlariga zarba berishga urinishlar davom etsa, darhol adekvat javob qaytariladi.