O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror deb tan olindi

YeOII: birgalikda olib borilgan chora-tadbirlar tufayli mintaqada sanitariya-epidemiologiya holati barqaror va nazorat ostida qolmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Bosh sanitariya shifokorlari kengashi mintaqadagi sanitariya-epidemiologik vaziyatni barqaror deb tan oldi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
O‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida YeOIIga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy epidemiologik vaziyat muhokama qilindi.
“Ishtirokchilar mamlakatlardagi mavjud epidemik vaziyat va biologik xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi. Yevroosiyo makonida infeksiyalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarning muhimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, birgalikda olib borilgan chora-tadbirlar tufayli mintaqada sanitariya-epidemiologiya holati barqaror va nazorat ostida qolmoqda.