TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston va ozarbayjonlik olimlar sabzavotchilik yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi.
Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjonda xizmat safarida bo‘ldi.
Uchenie Uzbekistana i Azerbaydjana nalajivayut sotrudnichestvo v oblasti ovoshevodstva
© Natsionalniy sentr znaniy i innovatsiy v selskom xozaystve pri Minselxoze.
Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“Safarning muhim natijalaridan biri sifatida Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Olimlar va mutaxassislar ishtirokida quyidagilar amalga oshiriladi:
seleksiya va urug‘chilik ishlarini rivojlantirish;
noan’anaviy ekinlar ustida birgalikda tajriba o‘tkazish;
fitosanitariya tahlillar olib borish;
resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish.
Shuningdek, hamkorlik doirasida yosh olimlar uchun malaka oshirish dasturlari, ilmiy tadbirlar tashkil etish va qo‘shma tadqiqot natijalarini xalqaro jurnallarda chop etish rejalashtirilgan.
Uchenie Uzbekistana i Azerbaydjana nalajivayut sotrudnichestvo v oblasti ovoshevodstva
© Natsionalniy sentr znaniy i innovatsiy v selskom xozaystve pri Minselxoze.
Muzokaralar yakunida amaliy “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ilk qo‘shma tajriba ishlarini shu yilning ikkinchi yarmida boshlashga kelishib olindi.