Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Harbiylar va o‘quvchilar Leningrad qamaliga guvoh bo‘lgan Irina Pankova holidan xabar olishdi

Pankova Leningradning qamaldagi hayoti, sovuq, ocharchilik va doimiy xavf ostida o‘tgan kunlari haqida gapirib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentda Leningrad shahri qamaliga guvoh bo‘lgan Irina Pankova holidan xabar olindi, deya ma’lum qildi Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati.
Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti fidoyilari holidan xabar olish yaxshi an’anaga aylangan.
Blokadnitsu Leningrada navestili v Tashkente
Shu munosabat bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni hamda Toshkent harbiy prokurori Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Leningrad shahri qamaliga guvoh bo‘lgan Irina Pankova holidan xabar olishdi.
“Ushbu yo‘qlov davomida ular faxriy onaxon bilan samimiy suhbatlashib, uning hayot yo‘li, urush yillaridagi mashaqqatli kunlari, Leningrad qamalidagi sabr-toqat, matonat va jasorat bilan to‘la daqiqalar haqida tinglashdi. Irina Pankova o‘z xotiralarida Leningradning qamaldagi hayoti, sovuq, ocharchilik va doimiy xavf ostida o‘tgan kunlarni tilga oldi”, — deyiladi xabarda.
Blokadnitsu Leningrada navestili v Tashkente
Qahramonning xizmatlari munosib e’tirof etilib, unga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Malginov urush faxriysiga G‘alabaning 80-yilligi yubiley medalini topshirdi
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Poytaxtda "G‘alaba kuni muborak bo‘lsin, faxriy!" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda