Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina bilan yarashish muqarrar — Putin

Putin Ukraina bilan yarashishni vaqt masalasi deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasida murosaga erishish muqarrar, bu vaqt masalasi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossii 1" jurnalisti Pavel Zarubinga.
"Menimcha, biz hozir boshdan kechirayotgan barcha fojialarga qaramay, bu muqarrar... Bu vaqt masalasi", — deydi Rossiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maxsus harbiy operatsiya davrida Rossiya yadro qurolidan foydalanishga hojat yo‘q edi, u bunga talab bo‘lmasligiga umid bildirdi.
Shuningdek, Moskva operatsiyani kerakli natija bilan mantiqiy xulosaga keltirish uchun yetarli kuch va resurslarga ega ekanligi aytildi.