TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentda "G‘alaba kuni muborak, faxriy!" nomli aksiya bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aksiya “G‘alaba ko‘ngillilari” Butunrossiya jamoat harakati a’zolari tomonidan Toshkentdagi Rus uyi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Uning doirasida ko‘ngillilar urush faxriylari, front mehnatkashlari, Leningrad qamalidan omon qolganlar, konslager asirlari va urush bolalari kabi 38 kishi holidan xabar olishadi.
V Tashkente proxodit aksiya "S Dnem Pobedi, veteran!"
© Sputnik/Elina Beknazarova
Ko‘ngillilar oziq-ovqat va samimiy minnatdorchilik so‘zlari bilan kelishadi. Lekin bu uchrashuvlarda asosiysi e’tibor va iliq suhbat. Bir piyola choy ustida faxriylar urush yillarini xotirlaydi, front voqealari bilan o‘rtoqlashadi.
V Tashkente proxodit aksiya "S Dnem Pobedi, veteran!"
© Sputnik/Elina Beknazarova
"Inson har doim shaxs bo‘lib qolishi kerak. U qaysi millat yoki din bo‘lishidan qat’i nazar, lekin insoniyatning asosiy qonunlari o‘zgarmasligi kerak", — deydi sobiq konslager asiri Vera Juravskaya.