Si Szinpin G‘alaba paradida ishtirok etadi

Vladimir Putin Si Szinpinni Rossiyaga taklif etdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. XXR raisi Si Szinpin prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 7-10 may kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
Xitoy rahbari Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Moskvada G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik jarayoni — foto
“Muzokaralar chog‘ida har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etadi