Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi mojaroni yechish uchun nafaqat Kiyev rejimi, balki butun Yevropa javobgar — tahlilchi

Tahlilchining qayd etishicha, Oq uy mojaroda Yevropa va NATOning rolini va uning kuchayishida Vladimir Zelenskiyning shaxsiy javobgarligini tan olgan.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Ukrainadagi mojaroni yechish uchun nafaqat Kiyev rejimi, balki butun Yevropa javobgar, dedi sobiq amerikalik razvedkachi Skott Ritter YouTube'da.
“Tramp Zelenskiyga taslim bo‘lishi kerakligini aytib, bosim o‘tkazdi. Lekin bu Yevropa bilan sodir bo‘lmadi, go‘yo Yevropa va NATOning mojaroga umuman aloqasi yo‘qdek. Bu esa xato. Barcha yon berishlar faqat Ukraina va Yevropa tomonidan bo‘lishi kerak”, - dedi u.
Tahlilchining qayd etishicha, Oq uy mojaroda Yevropa va NATOning rolini va uning kuchayishida Vladimir Zelenskiyning shaxsiy javobgarligini tan olgan.
“Ukraina va Yevropa mojaroning boshlanishida aybdor, Rossiya o‘zini himoya qilishga majbur. Boz ustiga, u allaqachon g‘alaba qozongan. <…>”, - deya xulosa qildi Ritter.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio avvalroq Vashington Ukraina kelishuviga erishish urinishlaridan voz kechmayotganini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, AQSh Moskva va Kiyevning bu boradagi pozitsiyasini biladi, ammo ular hali bir-biridan juda uzoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina kelishuvi bo‘yicha tezkor natijalarni kutmaslik kerak — Peskov