Rossiya Federatsiyasi Mordoviya Respublikasi iqtisodiyot, savdo va tadbirkorlik vaziri Ivan Gorin Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etgan korxonalar haqida gapirdi.
Ta’kidlanishicha, Mordoviya farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistonda ilgari surish va tan olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
“Gap nafaqat dori muqobillarini, balki yangi avlod dori vositalarini - qandli diabetni davolash, vazn kamaytirish, shuningdek, turli toifadagi antibiotiklarni O‘zbekiston bozoriga olib kirish haqida bormoqda”, — dedi vazir.
Qayd etilishicha, migratsiya masalasida hamkorlikka doir uchrashuv ham o‘tkazildi.
Batafsil videoda ko‘ring.