Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vaziri Zuhra Gordiyenko Sputnik O‘zbekiston media matbuot markazida O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzolangani haqida ma’lum qildi.
“Boshqirdiston Respublikasi “Innoprom”da katta delegatsiya bilan qatnashmoqda. Bizda keng va yaxshi bezatilgan ko‘rgazma stendi mavjud, unda Boshqirdiston korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda va yangi hamkorlar topmoqda. Bugun biz turizm yo‘nalishi bo‘yicha yirik biznes-turni ham o‘tkazmoqdamiz”, - dedi u.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyozov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv doirasida O‘zbekiston Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan shartnoma imzolandi.
Batafsil videoda ko‘ring.