TOShKENT, 1-may — Sputnik. Moskvada "Yaltaga yo‘l" VII-xalqaro musiqa festivalning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Davlat Kreml saroyida boshlangan gala-konsertda dunyoning 15 mamlakatidan kelgan ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushi haqidagi sovet qo‘shiqlarini dunyoning turli tillarida ijro etishdi.
Har yili ijrochilarning repertuari o‘zgarib turadi, ammo festivalda doimiy ravishda ijro etilayotgan qo‘shiqlar mavjud: "Tomnaya noch", "Smuglyanka" va, albatta, "G‘alaba kuni".
Festivalning asosiy maqsadi — rus musiqa madaniyatiga e’tibor va qiziqishni jalb qilish, sovet va rus qo‘shiq san’atining eng yaxshi asarlarini ommalashtirish, xorijiy tomoshabinlarni musiqiy an’analar, tarix va qadriyatlar tizimiga jalb qilish, musiqa madaniyatini ulug‘lashdan iborat.
Shuningdek, festival Qizil Armiyaning qahramonona xalaskorligi va dunyoni fashizmdan ozod qilish uchun to‘lagan dahshatli narxi haqidagi tarixiy xotirasini qaytarishni maqsad qilgan.
2025 yilda tashkiliy qo‘mita 55 mamlakat vokalchilardan 160 ta ariza qabul qildi.