Matbuot markazi

O‘zbekiston va Boshqirdiston turizm sohasida qator shartnomalar imzoladi

Respublikada Boshqirdistonning yetakchi turoperatorlari ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish maqsadida ishlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik va turizm vaziri Zuxra Gordiyenko turizm sohasida bir qator shartnomalar imzolangani haqida ma’lum qildi.
Bashkortostan i Uzbekistan podpisali rad soglasheniy v sfere turizma
“Biz yirik biznes-tur o‘tkazmoqdamiz: Boshqirdistonning yetakchi turoperatorlari O‘zbekistonda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish uchun ishlamoqda”, — dedi vazir.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Buxoro viloyati vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Natijada Xususiy turoperatorlar uyushmasi bilan shartnomalar imzolanib, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, Gordiyenko yangi yo‘nalish – “Uzoq umr boshqird-o‘zbek” yo‘nalishi, shuningdek, yoshlar va bolalar uchun dasturlar ishga tushirilganini ma’lum qildi.
“Boshqirdiston tabiiy va tarixiy boyliklarga ega noyob mintaqadir. Bizda yilning istalgan vaqtida dam olish uchun hamma narsa bor: tog‘lar, darolar, ko‘llar, g‘orlar va madaniy joylar”, — ta’kidladi u.
Taqdimotda hududning tabiiy landshaftlari va sayyohlik marshrutlari aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.