O‘zbekiston va YeOII

SSP: YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish strategik ahamiyatga ega

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) – O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishi” mavzusida biznes-muloqot bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov ma’lum qildi, deya xabar berdi palata matbuot xizmati.
Goar Barsegan O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari uchun istiqbolli loyihalarni ma’lum qildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) – O‘zbekiston: hamkorlikning yangi yo‘nalishi” mavzusida biznes-muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda YeOII ishbilarmon doiralari vakillari — Rossiya Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi vitse-prezidenti Sergey Krasilnikov hamda YeOII Ishbilarmonlar kengashi qo‘mitasi raisi Vladimir Salamatov ishtirok etdi.
Palata raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulovning so‘zlariga ko‘ra, global iqtisodiy jarayonlar tubdan o‘zgarib borayotgan bir paytda YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega.
Tadbirda sanoat kooperatsiyasi, o‘zaro savdo hajmini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslar borasida fikr bildirildi.
“O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2024-yilda rekord darajadagi 17,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu respublika umumiy tashqi savdosining chorak qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi”, — dedi Sergey Krasilnikov.
Tadbir doirasida O‘zbekiston "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi huzuridagi Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamda Rossiyaning Milliy malakalarni rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
“Ushbu hujjat kasbiy malakalarni o‘zaro tan olish, ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish va mehnat bozorida kasbiy mobillikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan”, — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi