TOShKENT, 28 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramping fikricha, Vladimir Zelenskiy Qrimni qaytarish talablaridan voz kechishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti Oq uy jurnalistlariga tayangan holda xabar berdi.
Shanba kuni Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp Rim papasi Fransiskning dafn marosimida “juda qisqa” uchrashgani xabar qilingan edi.
Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvni izohlar ekan, Amerika prezidenti bilan “ko‘p narsani muhokama qilishga ulgurganini” aytdi va unga minnatdorchilik bildirdi.
Oq uy jurnalistlari AQSh yetakchisiga Zelenskiy Qrim bo‘yicha o‘z talablaridan voz kechishga tayyormi yoki yo‘qligi haqidagi savol bilan murojaat qilishdi.
Donald Tramp Zelenskiy bilan Vatikandagi uchrashuvini izohlab, Qrim faqat “qisqa” muhokama qilinganini aytdi.
"Men, ha deb o‘ylayman. Qrim 12-yil oldin sodir bo‘lgan. Bu prezident (AQSh prezidenti Barak - tahr.) Obama edi. Ular uni birorta ham o‘q olmagan holda taslim qilishdi. Shuning uchun menga Qrim haqida gapirmang. Obamadan so‘rang", — dedi u.