TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va feykdir. O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Vazirlik faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishni so‘rab qolgan.