Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

"Rossiya segodnya" Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan loyihani ishga tushirdi

Media guruh "Xotira. Oila. G‘alaba. 1941-1945" loyihasini ishga tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. "Rossiya segodnya" media guruhi oilaviy fotosuratlarni saqlashga yordam beruvchi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan "Xotira. Oila. G‘alaba. 1941-1945" yangi loyihasini ishga tushirdi.
Maxsus veb-saytga tashrif buyuruvchilar urush yillarining noyob fotoxronikalari bilan to‘ldirilgan shaxsiy fotoalbom yoki plakat yaratishlari mumkin bo‘ladi.
Fotoalbom yoki plakat yaratish uchun foydalanuvchi dizayn shablonini tanlashi va uy arxividan o‘sha davrdagi suratlarni yuklashi kerak. Albomni Ulug‘ Vatan urushi lavhalari bilan to‘ldirish mumkin. Yaratilgan tartib bosma formatda mavjud bo‘ladi va har qanday professional salonda chop etish mumkin.
Loyiha veb-saytida mashhur sovet fotograflari - urush muxbirlarining hayoti va asarlari bilan ham tanishish imkoniyati ham yaratilgan.
Matbuot markazi
"Toshkent ko‘pchilik uchun vatanga aylandi" — Vacheslav Nikonov