Qozog‘istonda O‘zbekiston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi

Shu yil O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, kelasi yil esa Qozog‘istonda O‘zbekiston tibbiyoti kunlarini o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kelasi yil Qozog‘istonda O‘zbekiston tibbiyoti kunlarini o‘tkaziladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Yerbol Ospanov bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Quyidagi masallar ko‘rib chiqildi:
Orolbo‘yi aholisi salomatlik holatini birgalikda o‘rganish;
2025 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari va 2026-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston tibbiyoti kunlarini o‘tkazish;
farmatsevtika va tibbiy turizmni rivojlantirish;
kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 10-yilga mo‘ljallangan strategik hamkorlik dasturi ijrosi tahlil qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat aholisi salomatligi va farovonligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni davom ettirish, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.
MDHda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha tashkilot yaratish taklif etildi