Tanzila Narbayeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Anqarada Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlarining mustahkam siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston-Turkiya aloqalari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechu s rukovoditelem Velikogo Natsionalnogo Sobraniya Tursii
Parlamentlar davlatlararo hamkorlikni chuqurlashtirishda tobora faol ishtirok etayotgani qayd etildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati muhimligi, shuningdek, tegishli qo‘mitalar va do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechu s rukovoditelem Velikogo Natsionalnogo Sobraniya Tursii
Madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, yoshlar va hududlararo tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi. Turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisi o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechu s rukovoditelem Velikogo Natsionalnogo Sobraniya Tursii
Shu kunning o‘zida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan kitoblar va nashrlar taqdim etilgan parlament kutubxonasi faoliyati bilan ham tanishdilar.
Tanzila Narbayeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi Faxriy mehmonlar kitobida yozuv qoldirib, ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
V ramkax vizita Predsedatel Senata provela vstrechu s rukovoditelem Velikogo Natsionalnogo Sobraniya Tursii
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik kengaytiriladi