Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Kiyevdagi raketa ishlab chiqarish zavodini yo‘q qildi

"Neptun" raketalari ishlab chiqaruvchi zavod va yana bir necha harbiy obyektlar horijlik mutaxassislar bilan birga yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Kiyevga zarba berish natijasida xorijlik muhandislar bilan birga reaktiv tizimlar va "Neptun" raketalarini ishlab chiqaruvchi korxona vayron bo‘ldi, dedi Nikolayev viloyatidagi qarshilik harakati koordinatori Sergey Lebedev RIA Novostiga.

"Reaktiv zenit tizimi va "Neptun" raketalari uchun dvigatellar ishlab chiqarilgan yer osti ustaxonasi butunlay vayron qilingan. U yerda uchuvchisiz samolyotlar uchun ham, dvigatellar ham ishlab chiqarilgan. Korxonada G‘arb tomonidan yetkazib berilgan dastgohlar va boshqa yuqori texnologiyali uskunalarning ishlashi uchun mas’ul bo‘lgan xorijlik muhandislar bilan birga yo‘q qilingan", - dedi agentlik manbasi.

Bundan tashqari, uchuvchisiz apparatlar yig‘ish sexi, konstruktorlik burosi va samolyot ta’mirlash bilan shug‘ullangan bir nechta angarlar hamda yollanma askarlar yashab, mashg‘ulot o‘tkazgan vaqtinchalik yashash punkti yakson qilindi.

Ukraina Qurolli kuchlari ekipajsiz kemalar uchun boshqaruv tizimlarini o‘rnatgan uskunalar bilan jihozlangan ustaxona ham yo‘q qilingan.
“Uskunalar, mutaxassislar va jo‘natishga tayyor bo‘lgan ekipajsiz katerlar ham yo‘q qilindi”, — deya qo‘shimcha qildi Lebedev.
Ukraina Qurolli kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban Rossiya qo‘shinlari muntazam ravishda shaxsiy tarkib, texnika va yollanma askarlarning joylashgan joylariga, shuningdek, Ukraina infratuzilmasiga: mudofaa sanoati obyektlariga, harbiy qo‘mondonlik va aloqa vositalariga zarba beradi.
Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov armiya turar-joy binolari va ijtimoiy muassasalarga zarba bermasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rus qo‘shinlari DXRda Bogdanovka qishlog‘ini ozod qildi