TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Moskva yaqinidagi Balashixa shahridagi portlashda Bosh shtab Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik halok bo‘ldi, deya xabar berdi Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashda Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik halok bo‘lgan”, — dedi u.
Balashixa shahrida Nesterov ko‘chasidagi 2-uy yaqinida "Volksvagen Golf" avtomobili portlab ketdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushirilgan, deya qo‘shimcha qildi Petrenko.
Tergovchilar tomonidan qotillik va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Voqea joyida tergovchilar, sud-tibbiyot ekspertlari, ekspertlar va tezkor xodimlardan iborat guruh ishlamoqda.