Matbuot markazi

"Toshkent ko‘pchilik uchun vatanga aylandi" — Vacheslav Nikonov

Rossiya Davlat dumasi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining aytishicha, o‘zbek askarlari frontda jang qilib, qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkent ko‘p sonli odamlarning vataniga aylandi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vacheslav Nikonov ma’lum qildi.
Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Vacheslav Nikonov o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.
“Men o‘z asarlarimda Rossiyaning Yevropa qismidan evakuatsiya qanday amalga oshirilgani, O‘zbekiston o‘ynagan roli haqida ko‘p yozganman. Toshkent butun Sovet Ittifoqidan juda ko‘p qochqinlarni qabul qiladigan joyga aylandi", — dedi Vacheslav Nikonov Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazi ishtirokida bo‘lib o‘tgan Buyuk G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek askarlari frontda jang qilib, qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatgan. Ular orasida Sovet Ittifoqi Qahramonlari ham bor.
Vacheslav Nikonov 5-9 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq yubiley assambleyasining ahamiyatini ham yuqori baholadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
O‘zbekiston askarlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida arxiv ma’lumotlari e’lon qilindi