TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Bugun davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.
Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatga keladi. Yetakchilar muzokaralar o‘tkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.