TOShKENT, 21 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp shu haftada Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
“Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi”, — deb yozadi AQSh yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shundan so‘ng har ikki davlat ham “gullab-yashnayotgan AQSh bilan biznes yurita boshlaydi va boylik orttiradi”.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Rossiya va AQSh Ukraina masalasi ustida ishlamoqda va Moskva bu natija berishiga umid qilmoqda.
Prezident Putin va Rossiya tomoni tinch yo‘l bilan kelishuv izlash uchun ochiqligicha qolmoqda va Amerika tomoni bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Va, albatta, bu ish o‘z natijasini beradi deb umid qilamiz”, — dedi Peskov jurnalistlarning Kreml Trampning so‘zlariga qanday izoh berishi mumkinligi haqidagi savoliga javoban.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni prezident Vladimir Putin Tramp bilan suhbatda mojaro tomonlarining 30 kun davomida energetika infratuzilmasiga hujum qilishdan o‘zaro tiyilish g‘oyasiga ijobiy javob berdi va harbiylarga buyruq berdi. Vladimir Zelenskiy ham Kiyev rasmiylari bu taklifni qo‘llab-quvvatlashiga va’da berdi.