TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rim papasi Fransisk vafot etdi. Bu haqda Reuters agentligi Vatikanga tayanib xabar berdi.
“Rim papasi Fransisk vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Dindorlik, oila va hayot bo‘yicha Dikasteriya prefekti kardinal Kevin Farrellning aniqlik kiritishicha, pontifikning o‘limi ertalab soat 7:35 da (mahalliy vaqt) qayd etilgan.
“Aziz birodarlar va opa-singillar, men muqaddas otamiz Fransisk vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilmoqdaman”, — dedi Kevin Farrell.
Rim papasi 88 yoshda edi. Fevral oyi o‘rtalarida u bronxitni davolash uchun klinikaga yotqizilgan, keyin testlar ikki tomonlama pnevmoniya boshlanganini aniqlagan. U besh hafta kasalxonada yotdi, to‘rt marta nafas olish inqirozini boshdan kechirdi va uning hayoti ikki marta xavf ostida qoldi.