O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Navoiy viloyatida 3,4 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston hududida soat 13:44 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Yer silkinishi Navoiy viloyatining Nurota tumanida kuzatildi. Zilzila episentri Toshkentdan 305 km janubiy-g‘arbda.

“O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Episentrda sezilish kuchi: 4 ball. Zilzila episentri Toshkentdan 305 km janubiy-g‘arbda. Magnituda: 3,4. Chuqurligi: 10 km. Episentr: Nurota tumani, Navoiy viloyati, O‘zbekiston”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, bugun soat 11:17 da Tojikistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston kuchli zilzilalarni prognoz qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi