TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Minskda 22-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Doimiy vakillari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Doimiy vakillar 11-aprel kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlarini sarhisob qiladi, Tashqi ishlar vazirlari kengashida qabul qilingan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab beradi.
Bundan tashqari, 2024-yilda MDHda Ko‘ngillilar Harakati yilini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, 1941–1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan matbuot-xabari loyihasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 25-fevral kuni Belarus poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Doimiy vakillari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.