Futbol: O‘zbekiston Saudiya Arabistonni 2:0 hisobida mag‘lub etdi

Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogida mezbon jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya ishmitasi matbuot xizmati.
Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
“Finalgacha ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi hal qiluvchi bahsda ham chiroyli g‘alabaga erishdi”, — deyiladi xabarda.
2-taymni ikki o‘yinchi kam bo‘lib o‘tkazganiga qaramay, yigitlar chempionlik o‘yinida mezbonlarni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Jamoaning gollariga Muhammad Hakimov va Sadriddin Hasanovlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, jamoa ushbu yosh toifasidagi ikkinchi chempionlikka erishdi.
Futbol: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi KXDRni mag‘lub etdi va Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi