Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

O‘zbekiston Ukrainadagi Pasxa sulhini olqishlaydi — TIV

Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Ukrainada Pasxa bayrami sulhini tinchlik yo‘lidagi muhim qadam sifatida olqishlaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga TIV matbuot kotibi Axror Burxonov ma’lum qildi.
“Albatta, biz har qanday o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilganini olqishlaymiz va uni barqaror tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi muhim qadam deb bilamiz”, — dedi Burxanov RIA Novosti agentligiga Rossiya prezidentining tashabbusini sharhlab.
TIV matbuot kotibi ta’kidlaganidek, O‘zbekiston TIV doimiy ravishda nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori va tomonlarni “o‘zaro hurmat va insonparvarlik ruhida muloqotni davom ettirish”ga chaqiradi.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 19-aprel kuni Pasxa munosabati bilan barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyurdi. Sulh Moskva vaqti bilan soat 18:00 dan boshlangan va yakshanba kuni tun yarimgacha, ya’ni dushanba boshlanguncha davom etadi.

“Gumanitar nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, bugun soat 18:00 dan yakshanbadan dushanbaga qadar yarim tungacha Rossiya tomoni Pasxa sulhini e’lon qiladi. Bu muddat uchun barcha harbiy harakatlar to‘xtatilishini buyuraman”, — dedi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina tomoni undan o‘rnak oladi va harbiy harakatlarni to‘xtatadi, deb taxmin qilmoqda. Shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining borishi Ukraina kelishuvga erishishni qanchalik xohlayotganini ko‘rsatadi.
Ukraina Qurolli Kuchlari energetika obyektlariga hujum qilish bo‘yicha moratoriyni 100-martadan ortiq buzgan.