O‘zbek xokkeyida yana tarixiy natija: milliy terma jamoa Armanistonda jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya ustidan 18:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Armanistonda o‘tayotgan Jahon chempionatida o‘z divizionida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.
Navbatdagi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya ustidan 18:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po xokkeyu viigrala Chempionat Mira v svoyom divizione
“19 aprel - o‘zbek xokkeyi uchun tarixiy kun. Malayziya terma jamoasini 18:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan xokkeychilarimiz IV divizion chempionligini qo‘lga kiritib, navbatdagi jahon chempionatida III divizion "B" guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi”, - deyiladi xabarda.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po xokkeyu viigrala Chempionat Mira v svoyom divizione
Endi yigitlar 2026-yil III divizionning "B" guruhida qatnashishadi.
O‘zbekistonlik xokkeychilar musobaqa jadvalida Armaniston, Indoneziya, Kuvayt, Eron va Malayziya jamoalarini ortda qoldirdi.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po xokkeyu viigrala Chempionat Mira v svoyom divizione
Shu tariqa, milliy terma jamoa Tailandda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z divizionida oltin medalni qo‘lga kiritgan va keyingi divizionga yo‘llanma olgan U-18 jamoasining muvaffaqiyatini takrorladi.
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po xokkeyu viigrala Chempionat Mira v svoyom divizione
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi