TOShKENT, 19 apr — Sputnik. “Shimol” qo‘shinlar guruhi jangchilari Kursk viloyatidagi Oleshnya aholi punktini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol hujum harakatlari davomida Kursk viloyatidagi Oleshnya aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, harbiylar Gornal hududida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasi va bir hujum polkiga zarba berdi. Aviatsiya, dronlar va artilleriya dushmanning Sumi viloyatidagi Vodolagi, Krovnoe, Sadki, Yunakovka va Yablonovka aholi punktlari hududidagi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Ushbu hududdagi janglarda dushman 75 170 dan ortiq odam va 411 tankni yo‘qotgan.