Futbol: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi KXDRni mag‘lub etdi va Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi

Gollar Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov, Abubakir Shukurullayev tomonidan kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi bor Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yoshlar yarim finalda KXDR o‘smirlarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Gollar Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov, Abubakir Shukurullayev tomonidan kiritildi.
Sbornaya Uzbekistana do 17 let v tretiy raz v svoyey istorii vishla v final Kubka Azii
Sbornaya Uzbekistana do 17 let v tretiy raz v svoyey istorii vishla v final Kubka Azii
“Avvalo, butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan, bizga yordamini ayamagan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki raqibimiz jismoniy jihatdan juda kuchli edi. Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik. Bu kunga qadar juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik”, - dedi terma jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Sadriddin Hasanov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tanlandi.
Sbornaya Uzbekistana do 17 let v tretiy raz v svoyey istorii vishla v final Kubka Azii

“Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tanlaganlari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Murabbiylarimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajardik va g‘alabaga erishdik. Penaltidan foydalana olmaganimizdan so‘ng tushkunlikka tushmadik, bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik va o‘z maqsadimizga erishdik. Biz bu kunlar uchun 3-yil davomida mehnat qildik. Nasib bo‘lsa, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytmoqchimiz”, - dedi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sadriddin Hasanov.

Sbornaya Uzbekistana do 17 let v tretiy raz v svoyey istorii vishla v final Kubka Azii
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida boshlanadi.
Futbol: O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi