TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22-23 aprel kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashadi.
“Toshkentda tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti bilan suhbat, shuningdek, ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan batafsil muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan”, — dedi Zaxarova brifing chog‘ida.
Muzokaralarda asosiy e’tibor Moskva va Toshkent o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro tashkilotlar maydonlarida o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratiladi.