TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari qo‘shma telekanal va media platforma yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ostonada bo‘lib o‘tgan II Markaziy Osiyo media-forumida Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qozog‘iston.
Ostonada II Markaziy Osiyo media forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan 500 tadan ortiq ommaviy axborot vositalari rahbarlari, jurnalistlar, blogerlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Balayevaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston O‘zbekiston bilan 2025-yilgacha bo‘lgan hamkorlik rejasini imzolangan. Hujjatda kontent almashish, treninglar o‘tkazish, feyklarga qarshi kurash va yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.
Qozog‘iston vaziri Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham ushbu tashabbusga qo‘shilishga taklif qildi.
“Davlatimiz rahbari yagona axborot makonini yaratish g‘oyasini ilgari surdi va mazkur forum uni mustahkamlashda boshlang‘ich nuqtaga aylanmoqda", – dedi Madaniyat va axborotlashtirish vaziri o‘rinbosari Kanat Iskakov.
Forumda muhokama qilinadigan asosiy mavzular: sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar davrida medianing raqamli transformatsiyasi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat imijini targ‘ib qilishdagi o‘rni.