Matbuot markazi

Anons: O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etiladi

Sputnik O‘zbekiston matbuot markaziga AES qurilish direksiyasi direktori o‘rinbosari Otabek Omonov taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 17-aprel, soat 14:00 da “O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasini qurish loyihasining borishi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektrostansiyasini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Jizzaxda boshlangan qurilish va atom energetikasi sohasidagi kelgusi rejalar muhokama qilinadi.
Spiker:
AES qurilish direksiyasi direktori o‘rinbosari Otabek Omonov.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.