Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina kelishuvi bo‘yicha tezkor natijalarni kutmaslik kerak — Peskov

Dmitriy Peskov: jarayon shunchalik murakkabki, tezkor natijani kutish qiyin.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Ukraina kelishuvi bo‘yicha juda qizg‘in ish olib borilmoqda, ammo tezkor natijalarni kutmaslik kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Qizg‘in ish olib borilmoqda. Albatta, jarayon shunchalik murakkabki, tezkor natijani kutish qiyin. Albatta, eng yaxshisiga umid qilmoqchiman, bu ish baribir ijobiy natijalar beradi”, — dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari urushni davom ettirish istagida Ukraina va Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlash niyatini har tomonlama e’lon qilmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralarning borishini baholadi