O‘zbekiston va Eron o‘rtasida rejalashtirilgan tadbirlar ma’lum qilindi

May oyida Tehronda O‘zbekiston va Eron ishbilarmonlari ishtirokida qator tadbirlar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Tehronda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eron Islom Respublikasi prezidentining xalqaro ishlar va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha birinchi vitse-prezidenti Ali Najafi Xoshrudiy bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

"Joriy yilning may oyida Tehron shahrida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 16-yig‘ilishi, qo‘shma biznes-forum va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘zaro savdoda barqaror va muvozanatli o‘sishga erishishga qaratilgan qo‘shma choralar kelishib olindi.
O‘zbekiston-Eron: Chobahor portidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar jadallashtiriladi