Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning energetika obyektlariga hujum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning energetika obyektlariga hujum qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bir kunda Rossiyaning energetika obyektlariga ikkita hujum uyushtirdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ukraina qo‘shinlari juma va shanba kunlari Belgorod viloyatidagi Rossiya energetika obyektlariga ikki marta hujumni amalga oshirdi.

“Kiyev rejimi joriy yilning 18-martidan boshlab energetika obyektlariga zarbalarni 30 kunga to‘xtatish haqidagi Rossiya-Amerika kelishuvlarini buzgan holda Rossiya energetika infratuzilmasiga bir tomonlama hujumlarni davom ettirmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiyaning energetika obyektlariga ikkita hujum uyushtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Aniqliq kiritilishicha, Belgorod viloyatida juma kuni soat 19.02 da Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan "Rosseti Sentr" filialining “Nechayevka” energetika obyekti – "Belgorodenergo"ning o‘qqa tutilishi natijasida simlardagi uzilish tufayli yuqori voltli liniya uzilgan. Natijada Shebekino tumanidagi 600 nafardan ortiq maishiy iste’molchilar elektr ta’minotisiz qolgan.

“12 aprel kuni soat 10:16 da Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan "Rosseti Sentr" - "Belgorodenergo" filialining “Krasnaya Yaruga” energetika obyektining ataylab o‘qqa tutilishi natijasida Stepnoe qishlog‘idagi maishiy iste’molchilar elektr ta’minotisiz qoldi”, — deyilgan xabarda.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Peskov: Rossiya energetika obyektlariga zarba bermaslikka amal qiladi, Kiyev esa yo‘q