TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Sanoat va agrosanoat majmui vaziri Goar Barsegan boshchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) delegatsiyasi Tver viloyatidagi “Kalit tizimlar va komponentlar” kompaniyalar guruhi ishlab chiqarish maydonlari ishlari bilan tanishdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu xolding Rossiyaning eng yirik temir yo‘l tarkibi uchun tizimlar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.
Tashrif davomida “Moskva - Sankt-Peterburg” tezurar temir yo‘l loyihasini amalga oshirish uchun sanoat kooperatsiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatish mexanizmi muhokama qilindi.
“Biz moliyaviy yordam mexanizmi xolding tomonidan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, YeOII mamlakatlari korxonalari bilan yangi hamkorlik zanjirlarini yaratishda muvaffaqiyatli qo‘llanilishini kutamiz. Nafaqat “Kalit tizimlar va komponentlar” kompaniyalar guruhi, balki butun Yevroosiyo sanoati mavqeyini mustahkamlaydigan yangi hamkorlik zanjirlarini yaratishimiz mumkin”, - dedi Goar Barsegan.
“Kalit tizimlar va komponentlar” kompaniyalar guruhi Rossiyaning o‘nta hududidagi 20 dan ortiq korxonalarni birlashtiradi, ularda 16 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Uning buyurtmachilari orasida Rossiya va Yevropadan 200 dan ortiq kompaniyalar bor.